ABA-terapiya
Amaliy xulq-atvor tahlili: bolani muloqot qilish, so‘rash, o‘ynash va qiyin xulqni boshqarishga o‘rgatamiz.
Amaliy xulq-atvor tahlili: bolani muloqot qilish, so‘rash, o‘ynash va qiyin xulqni boshqarishga o‘rgatamiz.
Davolash jismoniy tarbiyasi: muvozanat, koordinatsiya, mushak tonusi, yirik motorika.
ABA-terapevtlar va DJT yo‘riqchilarini tayyorlaymiz: nazariya, bolalar bilan amaliyot va tajribali kurator bilan holatlarni tahlil qilish.
Amaliyotdagi mutaxassislar uchun kurslar va superviziya: yangi usullar va murakkab holatlar bilan ishlash.
O‘qish yakunida ABA VECTOR kursini tamomlaganlik haqida sertifikat beramiz.
Kichik guruhlarda mashg‘ulotlar: bolalar muloqot qilishni, birga o‘ynashni va qoidalarga rioya qilishni o‘rganadi.
Agar bola 2 yoshgacha alohida so‘zlarni aytmasa, 3 yoshgacha esa jumla bilan gapirmasa, «o‘zi o‘tib ketadi» deb kutmasdan maslahatga keling. Mutaxassis nutq, tushunish va xulqni baholab, qanday mashg‘ulotlar kerakligini aytadi. Mashg‘ulotlar qanchalik erta boshlansa, natija shunchalik yaxshi bo‘ladi.
ABA (xulq-atvorni amaliy tahlil qilish) — samaradorligi isbotlangan usul. U autizm (RAS), nutq va ruhiy rivojlanishi kechikkan, DEHB bo‘lgan bolalarga yordam beradi. Nutq, muloqot, o‘ziga xizmat qilish va xulq ko‘nikmalari kichik qadamlarga bo‘linadi va o‘yin orqali mashq qilinadi, natija har mashg‘ulotda o‘lchanadi.
1,5 yoshdan. Yosh va mashg‘ulot formatini birinchi maslahatda tanlaymiz.
Yo‘q. Bolaning rivojlanishida sizni biror narsa bezovta qilsa, maslahatga keling.
Ha, maslahatda va mutaxassis bilan kelishgan holda. Har bir mashg‘ulot blokidan keyin ota-onalarga natijalarni aytib beramiz.
Maqsadlarga bog‘liq. Odatda dasturni har 3 oyda qayta ko‘rib chiqamiz.